25/Mart/2023 Vatandoshlarimiz
SANKT-PETERBURG, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi «Sog‘lom jamiyat» mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiya aʼzolari
Sankt-Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universiteti bo‘lib, ushbu oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan vatandosh talabalar va oliygoh rahbariyati bilan muloqot qildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov o‘z chiqishida mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilish, duyoning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi. O‘zbekiston tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Sankt-Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universiteti o‘rtasidagi yaqin aloqalar alohida eʼtirof etildi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda ushbu oliy taʼlim muassasasida 200 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olmoqda.
Vatandosh talabalarga mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar, xususan, konstitutsiyaviy islohotlarning tub mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.
Suhbat yakunida talabalar O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumiga faol ishtirok etishga chaqirildi.