Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston rahbari BAA rahbariyati va xalqini ushbu davlat tashkil topganining 50 yilligi bilan tabrikladi


 TOSHKENT, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Abu-Dabi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Davlatimiz rahbari Abu-Dabi valiahdini, do‘st Amirliklar rahbariyati va xalqini ushbu mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi.

BAAning davlat qurilishi va iqtisodiy rivojlanishda yuksak muvaffaqiyatlarga erishgani, ular keng xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘lgani va Dubay shahrida o‘tayotgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida yana bir bor namoyish etilgani alohida qayd etildi.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligi kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Muqobil energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash va boshqa ustuvor sohalarda samarali hamkorlik qilinayotgani hamda Amirliklarning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va moliyaviy institutlari ishtirokidagi qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Uzoq muddatli sheriklikning yangi ilg‘or yo‘nalish va dasturlarini belgilab olish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Abu-Dabi valiahdi Amirliklarning har doimgidek do‘stona va yaqin ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash borasidagi intilishi qatʼiy ekanini tasdiqladi hamda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirish zarurligini taʼkidladi.

Telefon orqali muloqot do‘stona, ishonch va ishchanlik ruhida o‘tdi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari...

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida Nur-Sulton shahrida mam...

O‘zbekiston Prezidenti “Obod mahalla” da...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Sergeli tumanidagi Saxovat mahallasi hayoti bilan tani...

ShHT sammiti yakunlari: ShHTga raislik O...

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bugun Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari...

So`nggi yangiliklar