Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   Jamiyat

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri BRMga erishish uchun milliy oziq-ovqat tizimlarini qayta tashkillashtirish masalalari bo‘yicha vazirlar davra suhbatida ishtirok etdi


TOSHKЕNT, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Italiyada bo‘lib o‘tgan BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha pre-sammitidagi ishtiroki doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun milliy oziq-ovqat tizimlarini qayta tashkillashtirish masalalari bo‘yicha vazirlar davra suhbatida qatnashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Qishloq xo‘jaligi vazirligidan ma’lum qilinishicha, sammit arafasidagi tadbirlar birinchi navbatda vazirlar darajasida o‘tkazilmoqda.
Davra suhbati doirasida vazirlar 2030 yilgacha Barqaror maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan oziq-ovqat tizimlarini transformatsiyalash bo‘yicha milliy strategiyalarni shakllantirish va bu borada boshqa ishtirokchilardan qanday harakatlar kutilayotgani yuzasidan fikr almashildi.
Jamshid Xodjayev o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sektorini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Vazir yangi harakatlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilganligini ta’kidlab o‘tdi, bu esa, o‘z navbatida, agro oziq-ovqat tizimlarini modernizatsiya qilishga turtki beradi.
- Biz O‘zbekistonda yangi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar AKIS tizimini mustahkamlashga intilyapmiz,- dedi Jamshid Xodjayev. - Bunday tizimni har bir hududda joriy etayapmiz. Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining shaxsiy e’tibori himoyaga muhtoj guruhlar, ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchta milliy dastur bilan bog‘liq. Shu tariqa dastur doirasida davlatga tegishli bo‘lgan 122 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari ushbu uchta guruh o‘rtasida taqsimlandi. Shu bilan birga, biz aslida bu insonlarni yirik qishloq xo‘jaligi kompaniyalari bilan birlashtirdik, ishlash uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olishga yordam berdik.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri anjuman doirasida, shuningdek, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) prezidenti Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda  tomonlar o‘zaro hamкorlikni rivojlantirishga doir masalalarni muhokama qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik yosh oshpazlar VII Xalqar...

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi huzuridagi Xalqaro o‘zbek pazandachilik sanʼati markazi va...

O'zbek tili dunyoda – Janubiy Koreya

Sarvar Janubiy Koreyalik talaba

"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi Sam...

Ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi Samarq...

So`nggi yangiliklar