Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Media

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlari Hindiston matbuoti nigohida


DEHLI, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 5-6 dekabr kunlari Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlab Hindistonning “Sarkaritel” onlayn-nashrida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda muzokaralar davomida ikki davlat yetakchilari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston sherikligiga doir keng ko‘lamli masalalar, shu jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ko‘rib chiqishgani, xalqaro va mintaqa kun tartibi bo‘yicha fikr almashgani taʼkidlangan.

“Siz Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelganingizdan juda mamnunmiz. Hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda ushbu voqea juda muhim. Bugun imzolanadigan hujjatlar sherikligimizga qo‘shimcha surʼat bag‘ishlaydi. Mamlakatlarimiz hukumatlariga belgilangan maqsadlarga erishish uchun saʼy-harakatlarni jadallashtirish topshirig‘ini berdik. O‘ylaymizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi”, – deya Qosim-Jomart Toqayev so‘zlaridan iqtibos keltiradi hind nashri.

Hindiston axborot resursi davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston va Qozog‘iston – tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Iqtisodiyotlarimiz raqobat qilmaydi, bir-birini to‘ldirib turadi. O‘zaro savdo ortmoqda. Joriy yilda tovar ayirboshlash rekord daraja – 4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Avtomobil va temir yo‘llari orqali yuk tashish hajmlari oshmoqda. Aviaqatnovlar to‘liq qayta tiklandi, yangi yo‘nalishlar ochilmoqda. Yetakchi korxonalarimiz kooperatsiyani muvaffaqiyatli kengaytirmoqda. Keyingi yillarda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida qo‘shma korxona va loyihalar soni 6 barobarga oshdi”, – degan so‘zlariga eʼtibor qaratadi.

Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida ham maʼlumot berilgan. Xususan, O‘zbekiston Prezidentining tashrifi arafasida Turkiston shahrida Bosh vazirlar raisligida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Hududlar forumi hamda Qozog‘iston poytaxtida qo‘shma biznes-forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, ushbu tadbirlar natijasida jami 6 milliard dollarlik kelishuv va shartnomalar imzolangani aytilgan.

“O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi”, deyiladi “Sarkaritel” onlayn-nashrida chop etilgan maqolada.

Mavzuga oid

Erondan munosabat: O‘zbekistonda Xalqlar...

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Madaniyat instituti veb-saytida O‘zbekistonning ijtim...

Erondan munosabat: O‘zbekistonni rivojla...

Eron Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamentining rasmiy axborot portal...

Turkmanistondan munosabat: Alisher Navoi...

Turkmaniston davlat axborot agentligi «Turkmenistan: zolotoy vek» va «turkmenportal.com» ...

So`nggi yangiliklar