Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Aprel/2022   O`zbekistonning IHTga raisligi

O‘zbekiston Prezidentining IHTda 2022 yilni O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili, deb eʼlon qilish bo‘yicha tashabbusi tashkilot Kotibiyati va aʼzo davlatlarning doimiy vakillari diqqat markazida

 TEHRON, 14-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) raisligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilni IHTda O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili, deb eʼlon qilishni taklif etgan edi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Prezidentining mazkur tashkilot doirasida muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha har yilga nom berish anʼanasini joriy etish tashabbusi katta qiziqish bilan qabul qilindi va tashkilotga aʼzo barcha mamlakatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Shu munosabat bilan tashkilotga aʼzo mamlakatlarning rasmiy vakillari hamda IHT bosh kotibi o‘z fikr va mulohazalarini  bildirishda davom etmoqda.

Xususan, yaqinda Eronning Xormozgan viloyatidagi Bandar Abbos shahrida bo‘lib o‘tgan IHTga aʼzo mamlakatlar Doimiy vakillari kengashining sayyor yig‘ilishi chog‘ida IHT Bosh kotibi Xusrav Noziriy O‘zbekiston Prezidentining 2022 yilni tashkilot makonida IHTda o‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili, deb eʼlon qilish bo‘yicha tashabbusi IHT mintaqasidagi transport infratuzilmasini rivojlantirish, tovarlarning to‘siqsiz tranzitini taʼminlash, raqamli protseduralarni joriy etish, shuningdek, intergratsiyalashgan avtomobil, temir va dengiz yo‘llari, havo tarmoqlarini yaratishga kuchli turtki berishini qayd etdi.

Bosh kotib IHT Kotibiyatining kun tartibi avtomobil, temir yo‘l, dengiz transporti, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi sohasida keng ko‘lamli tadbirlar, dastur va loyihalarga ega ekanini taʼkidladi.

Eronning ITHdagi doimiy vakili Said Alavi Eron O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi doirasida ilgari surgan BMTning Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyasi loyihasining qabul qilinishini to‘la qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

U, shuningdek, O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yilida transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari IHT faoliyati doirasida tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini bildirdi.

Ozarbayjonning IHTdagi doimiy vakili, elchi Ali Alizoda ham O‘zbekiston Prezidentining O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yilini eʼlon qilish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlar ekan, IHT mintaqasida transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish va mustahkamlash, amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan barcha loyihalarni izchillik bilan hayotga tadbiq etishga chaqirdi.

IHT Transport va kommunikatsiyalar departamenti direktori Akbar Xodayi O‘zbekiston rahbarining taklifi IHT transport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro yuklar tranziti, temir yo‘l, dengiz va havo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, IHTga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va ichki savdoni oshirish uchun yangi turtki berishini hamda istiqbolli imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari IHT Bosh kotibi ...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Iqtisodiy hamkorlik ...

O‘zbekiston elchisi ITHga a’zo davlatlar...

Eron poytaxtida O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Doi...

O‘zbekiston raisligida Tehron shahrida I...

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) Tehrondagi bosh qarorgohida ilk bor aʼzo davlatla...

So`nggi yangiliklar