Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston Prezidentining Abu-Dabiga tashrifi BAA ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

ABU-DABI, 18-may. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Arab Amirliklarining bir necha ommaviy axborot vositalarida, xususan, «WAM» xususiy  agentligi, «The National» va  «Al Ittihad»  gazetalarida Prezident Shavkat Mirziyoyevning  Birlashgan Arab Amirliklari  (BAA) Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan o‘tkazilgan taʼziya marosimida ishtirok etgani haqida turkum maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Nashrlar Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Prezidenti BAAning yangi Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon hamda Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga hamdardlik bildirganini o‘quvchilar eʼtiboriga havola qilgan.

BAA ommaviy axborot vositalari o‘z materiallarida taʼziya marosimlarida, shuningdek,  Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Ummon sultoni Xeysam bin Torik, Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet qatnashganini ham maʼlum qilgan. «Marosimda jami 40 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi» deb yozadi nashrlar.

Mavzuga oid

Birlashgan Arab Amirliklari ommaviy axbo...

BAAning yetakchi “Wam” axborot agentligi tomonidan «O‘zbekiston va BAA davlat boshqaruvi s...

Indoneziya yangiliklar telekanali O‘zbek...

Kecha Indoneziyaning ommabop «Kompas TV» yangiliklar kanalida O‘zbekistonda koronavirusga ...

Eron matbuoti: “Yangi O‘zbekiston” ibora...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi munosabati bilan Prezident Shavka...

So`nggi yangiliklar