Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Fevral/2023   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

TOSHKENT, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi Szyan Yanni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.


Davlatimiz rahbari elchining O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi sermahsul ishlari va faol saʼy-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida XXR Raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar ko‘paydi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni uch barobarga oshdi. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha amaliy hamkorlik boshlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda, taʼlim, sog‘liqni saqlash, arxeologiya, turizm va boshqa yo‘nalishlarda muhim dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan ikki tomonlama munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Szyan Yan mamlakatimizning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid

Davlatimiz rahbariga gidroenergetika soh...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun gidroenergetika sohasidagi loyihalarga oid taqdimot bil...

O‘zbekistonda tashqi savdo faoliyati ish...

O‘zbekiston Prezidenti «Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo...

O‘zbekiston Prezidenti maktab bitiruvchi...

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada g...

So`nggi yangiliklar