Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Yanvar/2022   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosarini qabul qildi

TOSHKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.


Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Yuqori martabali mehmon qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Turkmaniston yetakchisining barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgan Turkmaniston-O‘zbekiston aloqalariga yuksak baho berilgan maktubini topshirdi.

Unda Turkmaniston rahbari ikki mamlakatning xalqaro siyosat va mintaqaviy munosabatlar borasidagi pozitsiyalari yaqin va o‘xshashligini alohida qayd etgan.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi kooperatsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari va bu boradagi amaliy chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish muhim ekani taʼkidlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan chorvac...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun chorvachilik sohasidagi ustuvor vazifalar mu...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlar...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tongda Istanbul shahrida o‘tayotgan Turkiy kengash samm...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoye...

Assalomu alaykum, aziz va moʻtabar onaxonlar!

So`nggi yangiliklar