Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyul/2021   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar ishtiroki «The Korea Post» nashri nigohida

SEUL, 26-iyul. /«Dunyo» AA/. Janubiy Koreyada ingliz tilida chop etiladigan yetakchi nashrlardan biri - «The Korea Post» gazetasi sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy a’zosi Gulnoza Rahimova qalamiga mansub “Ochiq va shaffof demokratik saylovlar uchun xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilar ishtiroki zarur” sarlavhali maqolasi bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda qayd etilganidek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilar ishtiroki ochiq va shaffof demokratik saylovlar o‘tkazilishi uchun zarurdir. Saylovlarni kuzatish dunyoning aksariyat mamlakatlarida odamlarning siyosiy huquqlarini ilgari surishning muhim jihati hisoblanadi.
O‘zbekistonning saylov kodeksi boshqa mamlakatlarning va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari saylovlarga tayyorgarlik hamda ularni o‘tkazish chog‘ida tashkil etiladigan barcha tadbirlarda, shuningdek, saylovlar kuni saylov uchastkalarida ovozlarni sanash chog‘ida ham qatnashishlari mumkinligini ko‘zda tutadi.
Gazetaning yozishicha, O‘zbekistonda keyingi yillar davomida saylovlardagi xorijiy va xalqaro kuzatuvchilarning sonida o‘sish kuzatilmoqda. Agar 2016-yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida 555 nafar (2015-yili 296 nafar) xorijiy kuzatuvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2019-yilgi parlament saflovida ularning soni 825 nafarni (2014-yili – 331 kishi) tashkil etdi. Bularning barchasi O‘zbekistonda saylovlar tub o‘zgarishlar, demokratik islohotlar va yangi siyosiy muhitda o‘tayotganidan hamda xalqaro hamjamiyatning yanada ko‘proq e’tiborini tortayotganidan dalolat beradi.
O‘tgan saylovlarni YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Islom hamkorlik tashkiloti, ShHT, MDH, YeXHT Parlament assambleyasi, MDH Parlamentlararo assambleyasi hamda xorijiy mamlakatlarning qonunchilik va saylov organlari vakillari kuzatdi.
Saylovlarda qatnashish asnosida kuzatuvchilar saylov jarayonlarini baholash uchun ma’lumot to‘plashadi, saylov qonunchiligi va tajribasini o‘rganishadi hamda saylov komissiyalarining ishiga baho berishadi, deb yozadi «The Korea Post» gazetasi.

Mavzuga oid

«Uzbekistan GTL» zavodinining ishga tush...

Italiyaning «Gazzetta di Roma», «Gazzetta di Milano» va «Gazzetta di Napoli» onlayn-nashrl...

Fransiyadagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi...

Misr ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 21...

Eron matbuoti: “Yangi O‘zbekiston” ibora...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi munosabati bilan Prezident Shavka...

So`nggi yangiliklar