Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni Podshohini «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi

TOSHKENT, 19 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni mamlakatimizning yuksak mukofoti – «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.


Maʼlumki, bu orden yaqinda, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 avgustdagi qonuniga muvofiq taʼsis etildi. U bilan ilm-maʼrifatni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlari merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishdagi alohida xizmatlari uchun olimlar, tadqiqotchilar, adiblar, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari mukofotlanadi.

Salmon bin Abdulaziz ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsi...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib...

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning b...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursu...

O‘zbekiston Prezidenti Namangan viloyati...

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha korxonalar faoliyati, bunyodkorlik ishlari, mahallalar ...

So`nggi yangiliklar