Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Yanvar/2022   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarini qabul qildi

 TOSHKENT, 19 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Yaqinda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga kuchli surʼat bag‘ishlagani alohida taʼkidlandi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalar va ustuvor gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.

Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqelardan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning B...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elbo...

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy darajadagi...

Bugun ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev ...

IT-park faoliyatini rivojlantirish va u...

O‘zbekiston Prezidentining «Axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish bo‘yich...

So`nggi yangiliklar