Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Joriy yil 19 noyabr kuni Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholandi.

Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti yurtdoshlarimizni...

Qadrli vatandoshlar! Muhtaram dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!

Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya...

O‘zbekiston Prezidenti «2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi ...

O‘zbekiston Prezidenti nuroniylar holida...

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini...

So`nggi yangiliklar