Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Raqamli hukumat ofisiga tashrif buyurdi


 TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin hamrohligida Nur-Sulton shahridagi EXPO ishbilarmonlik markazida joylashgan Raqamli hukumat ofisiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ushbu muassasa joriy yil sentyabr oyida ochilgan. Uning tarkibiga Milliy tahlil markazi, Raqamli transformatsiya markazi va Milliy loyiha ofisi kiradi.

Davlatimiz rahbari situatsion markaz imkoniyatlari bilan ham tanishdi. Markaz barcha maʼlumotlar bazalariga ulanadi va hududlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, bu esa real vaziyatni onlayn ravishda ko‘rish, masalan, mamlakatda emlash surʼatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni kuzatib borish imkonini beradi.

Ichki va tashqi savdo bo‘yicha tahliliy platforma imkoniyatlari namoyish qilindi. Uning yordamida oziq-ovqat narxlarini onlayn ravishda monitoring qilish va narx-navoning prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish mumkin. Bundan tashqari, ofis negizida innovatsiyalar va aerokosmik sanoat sohalaridagi loyihalar ishga tushiriladi.

Ofis mutasaddisi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, IT-parklar tashkil etish, dasturchilar tayyorlash, davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni eʼtirof etib, Qozog‘iston ham shu yo‘ldan borayotganini aytdi.

Davlatimiz rahbari bu sohada tajriba almashish, davlat xizmatlari sohasiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, har bir hayotiy vaziyatni tahlil qilib, odamlarga qulaylik yaratish muhimligini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlandi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Prez...

O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi yig‘...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olis...

O‘zbekiston Prezidentiga Xorazm viloyati...

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loy...

So`nggi yangiliklar