Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi bilan uchrashdi


TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Elboshini mustaqil Qozog‘iston asoschisining ulkan xizmatlari eʼtirofi sifatida dekabr oyining birinchi sanasida nishonlanadigan bayram - Birinchi Prezident kuni bilan samimiy qutladi.

Mamlakatimiz yetakchisi Nursulton Nazarboyevning chuqur o‘ylangan siyosati tufayli birodar Qozog‘iston xalqi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishganini taʼkidladi.

Prezidentimiz O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik rivojiga Elboshining shaxsiy hissasini yuqori baholadi. Bugun Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani muloqotlarni faollashtirish jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo makonida siyosiy muloqot faollashgani, Maslahat uchrashuvlari mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani, do‘stlik va ishonch muhiti shakllangani taʼkidlandi.

Nursulton Nazarboyev bu galgi davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti muzeyiga tashrif buyurdi.

Bu yerda Nazarboyevning ish xonalari asl holicha saqlab qolingan. Yig‘ilishlar va jurnalistlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan majlislar zalida zamonaviy Qozog‘istonning taraqqiyot yo‘liga bag‘ishlangan ekspozitsiya joylashgan. Ko‘plab eksponatlar Qozog‘istonning xorijiy hamkorlar bilan tashqi siyosiy aloqalaridan so‘zlaydi.

Davlatimiz rahbari muzey bilan tanishib, Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston-Turkmaniston sammiti: Ikki d...

Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston-Turkmaniston oliy darajadagi muzokaralari yakunlan...

O‘zbekiston Prezidenti poytaxtimizdagi T...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi Texnoparkda ishga tushirilgan yangi...

O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari ikk...

Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari tor doirada ...

So`nggi yangiliklar