Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Avgust/2021   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti jazo muddatini o‘tayotgan 215 kishiga nisbatan afv eʼlon qildi


 TOSHKENT, 28 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev eng aziz umummilliy bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligi eʼlon qilinganining o‘ttiz yilligini nishonlash arafasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdig‘i sifatida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan 215 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilganlarning 3 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 127 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 12 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 73 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Boshqacha aytganda, 142 nafar mahkum jazo muassasasidan chiqib, oilasi bag‘riga qaytadi. Yana bir kishining jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirilgan. Afv etilgan fuqarolardan 14 nafari – ayollar, 12 nafari – 60 yoshdan oshgan shaxslar, 69 nafari – xorij fuqarolari, 15 nafari – taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar.

Afv etilgan shaxslar oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytib, ijtimoiy hayotga moslashishi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishida ularga ko‘mak berish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maʼlumot uchun, bu – joriy yilda davlatimiz rahbari tomonidan eʼlon qilingan uchinchi afv hisoblanadi. Bungacha Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida 100 nafar, Navro‘z bayrami arafasida 140 mahkumni afv etgandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Qudratimiz borl...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bunyodkorlik ishlari bilan tanishis...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Hin...

2020-yil 14-15-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kami...

O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi yig‘...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi...

So`nggi yangiliklar