Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti: Chilonzor tumanida 10 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlashimiz kerak

TOSHKЕNT, 27 may. /«Dunyo» AA/. Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi 3-Katta Chilonzor mahallasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimizda barcha dasturlar aholi ehtiyojidan kelib chiqib, manzilli amalga oshirilmoqda. Buning uchun “mahalladagi beshlik” tizimi joriy etilib, ularga keng imkoniyatlar berildi. “Xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz ko‘cha” konsepsiyalari hayotga tatbiq etilmoqda. Mahallalarning o‘ziga mablag‘ yo‘naltirilib, obod qilinmoqda.

Bu 3-Katta Chilonzor mahallasida ham yaqqol namoyon. Fuqarolar yig‘ini binosi, 52 ta ko‘p qavatli uy zamonaviy qiyofaga ega. Maydonchalar va ichki yo‘llar tekislanib, atrofi obodonlashtirilgan. Bolalar o‘yingohi va sayilgoh tashkil etilgan.

«Yashil makon» umummilliy loyihasiga muvofiq, bo‘sh maydonlarga daraxt ko‘chatlari, rayhon, namozshomgul kabi gullar ekildi, maysazorlar tashkil etildi. Mahalla hududidan o‘tgan “Anhor” kanali bo‘yida saylgoh, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etildi. Shuningdek, elektr podstansiyasi, transformator va past kuchlanishli kabellar yangilandi.

Prezidentimiz bu o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi. Shu yerda mahallalar faollari, nuroniylar bilan muloqot bo‘ldi.

- Bilasizlar, hamma ishlarimizni mahallada amalga oshiryapmiz. Agar mahalla obod bo‘lsa, oilalar tinch va daromadli bo‘lsa, o‘qish, izlanish, rivojlanish bo‘ladi. Shu bois bu tizimga qo‘shimcha vakolatlar berayapmiz. Bugun mahalla kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar muammosini hal qilish, yoshlar tarbiyasida katta kuchga aylanmoqda, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 Aholi vakillari buni mahalla hayotida sezayotgani, yoshlarni o‘qitish, ishga joylashtirish e’tiborda ekanini aytishdi. Chilonzordagi 55 ta mahallani obod qilish, ijtimoiy masalalarni hal qilishga 115 milliard so‘m ajratilgani qayd etildi.

Bu yil Toshkent shahrining 585 ta mahallasiga 351 milliard so‘m, shundan Chilonzordagi 55 ta mahallaga 35 milliard so‘m yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.

Prezident bandlik masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

- Xabaringiz bor, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim asosida ish boshladik. Bunda mahallalardagi ishsizlar salohiyatli tadbirkorlarga biriktiriladi. Chilonzor tumanida 10 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlashimiz kerak. O‘ylaymanki, tadbirkorlar bu bo‘yicha o‘ziga mas’uliyat olib, nuroniylarimiz bosh-qosh bo‘ladi, - dedi davlatimiz rahbari.

Uchrashuvda Prezident fuqarolar bilan ochiq, samimiy suhbatlashdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon vatanp...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni ...

O‘zbekiston Prezidenti Nyu-Yorkda mamlak...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda “Oppenheimer” investitsi...

O‘zbekiston Prezidenti AQSHning «Air Pro...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun «Air Products» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi...

So`nggi yangiliklar