Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti BAA Bosh vaziri o‘rinbosari bilan sheriklikning strategik yo‘nalishlarini muhokama qildi


 TOSHKENT, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Bosh vaziri o‘rinbosari – Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Amirliklar tomonini milliy bayram – mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan samimiy qutlab, do‘st BAA xalqiga farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

Keng ko‘lamli O‘zbekiston-BAA hamkorligining strategik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma innovatsion loyihalar va moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlarini amalga oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bunda Dubaydagi EXPO butunjahon ko‘rgazmasida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan mamlakatlarimiz salohiyatini hisobga olish lozimligi qayd etildi.

Istiqbolli loyihalarning yangi portfelini shakllantirish uchun yaqin fursatda hukumatlar delegatsiyalarining ikki tomonlama uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bugun So...

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi b...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun dav...

O‘zbekiston-Rossiya oliy darajadagi muzo...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga ...

So`nggi yangiliklar