Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaʼbatullohni ziyorat qildi, Umra amallarini bajardi

TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida muqaddas Makka shahrida ham bo‘lib, umra amallarini bajardi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.


Davlatimiz rahbari dinimiz arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz o‘qidi, talbiya aytib, Masjidul Haramga bordi.

Maʼlumki, Kaʼbatullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulug‘ sharafdir. Prezidentimiz ana shunday sharafga muyassar bo‘lib, Kaʼbatullohning ichida namoz o‘qidi.

So‘ng, Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita saʼy qilindi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari, ulamo va ziyolilar bilan birgalikda yurtimizga tinchlik va taraqqiyot, xalqimizga salomatlik va farovonlik tilab duolar o‘qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Bosh vaziri...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qatar Davlati Bosh vaziri o‘r...

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtir...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishn...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlar...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bila...

So`nggi yangiliklar