Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyul/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Bangladesh tashqi ishlar vazirini qabul qildi

TOSHKENT, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh tashqi ishlar vaziri Abul Kalom Abdul Mo‘minni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati manbasiga ko‘ra, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi ishlar vaziri Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid va Bosh vaziri Shayx Hasina Vazedning samimiy salomini yetkazdi.

O‘zbekiston Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi.

Almashinuvlarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish orqali amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti nomiga saylovdagi...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning joriy yil 24 oktyabr k...

O‘zbekistonda Ekologik kodeks loyihasi i...

O‘zbekiston Prezidentining «Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidag...

O‘zbekiston Prezidenti Seul shahrida Kor...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Seul shahrida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi S...

So`nggi yangiliklar