29/Iyun/2022 Parlament
TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi joriy yilning 29 iyun – 2 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tashrif doirasida parlament delegatsiyasi ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, ikki mamlakat xotin-qizlarining iqtisodiy imkoniyatlari va salohiyatini kengaytirishga qaratilgan O‘zbekiston va Ozarbayjon tadbirkor ayollarining birinchi biznes-forumi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasining Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘i majlisida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.