Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Parlament

O‘zbekiston Ozarbayjon tadbirkor ayollarining birinchi biznes-forumida 54 million dollardan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolandi

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/.  Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Ozarbayjonga rasmiy tashrif doirasida ikki mamlakat tadbirkor ayollarining birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, forumda mamlakatimiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari, xususan, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik kabi sohalarni qamrab olgan O‘zbekiston tadbirkor ayollari delegatsiyasi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ishbilarmon ayollar ikki mamlakatning turli sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning salohiyatini yuksaltirish borasida tajriba almashish va dolzarb muammolarni muhokama qilish uchun qulay maydonga aylangan ushbu forumning ahamiyati va dolzarbligini taʼkidladi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya huzuridagi Tadbirkor ayollar klubi hamda Ozarbayjonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uyushmasi o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasida “B2B” formatida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 54 mln dollardan ortiq miqdorda 20 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Mavzuga oid

Senat raisining birinchi o‘rinbosariga ...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yaponiya elch...

Toshkentda O‘zbekiston taraqqiyotida par...

Joriy yil 13 aprel kuni poytaxtimizning «Hayatt Regency Tashkent» mehmonxonasida «O‘zbeki...

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Ya...

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bugun Yaponiya elchisi Yo...

So`nggi yangiliklar