Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2022   Sayyohlik

O‘zbekiston oshpazlari Butunjahon halol sammitida ikkita kumush va bitta bronza melalarini qo‘lga kiritdi

 TOSHKENT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. Istanbul ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon halol sammiti doirasida halol taomlar chempionati uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotiga ko‘ra,  mazkur chempionatda O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Xususan, Abu Hurayra To‘ychixo‘jayev «Zamonaviy oshxona – go‘shtli taom» va «Baliqli taom» nominatsiyalari bo‘yicha ikkita kumush,  Elyorbek Mirbaboyev «Zamonaviy oshxona – go‘shtli taom» nominatsiyasida kumush va Shohruzxon Ibragimov «Baliqli taom» nominatsiyasida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Tadbir Turkiya Prezidenti homiyligida, Islom savdosini rivojlantirish markazi (ISDT) va Islom mamlakatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC), shuningdek, Butunjahon Islom pazandachilik platformasi (WICS) ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Maʼlumot uchun, sammitda 80 ta davlatdan delegatlar va mehmonlar qatnashyapti.

Sammit bilan bir vaqtda «Halal Expo 2022» ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda mehmonlar, jumladan, umumiy ovqatlanish bozoridagi eng yangi texnologiyalar va tendensiyalar bilan tanishmoqda.

Mavzuga oid

Samarqandda «Discovering Uzbekistan» bir...

Bugun Samarqandda «Discovering Uzbekistan» birinchi xalqaro sayyohlik konferensiyasi o‘z ...

Yaponiyada O‘zbekiston ziyorat turizmi s...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan “Yaponiya-O‘zbekiston” jamiyati bilan ...

O‘zbekiston Yaponiyadagi xalqaro ko‘rgaz...

22 sentyabr kuni Tokiodagi Xalqaro ko‘rgazmalar markazida «JATA Tourism Expo Japan 2022», ...

So`nggi yangiliklar