Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Sentabr/2022   O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi

O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi Isroil matbuoti nigohida

TEL-AVIV, 9-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Diplomacy.co.il diplomatiya yangiliklari portalida mamlakatimizning Tel-Avavdagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Isroilning Gersliya shahrida tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy tadbirga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“Joriy yilda Isroil-O‘zbekiston munosabatlarining 30 yilligi muhim voqea sifatida nishonlandi. Elchi Feruza Mahmudova ikki davlatning ko‘plab do‘stlari va tarafdorlari mustahkam ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini alohida urg‘uladi”, deb yozadi maqola muallif Stiven Ayello.

Isroil Davlati nomidan turizm vaziri Yoel Razvozov so‘zga chiqib, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini muhim sanalar bilan samimiy tabrikladi. U respublikamizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik siyosatiga yuqori baho berar ekan, Xolokost paytida yahudiylarni himoya qilgani uchun O‘zbekiston xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Yoel Razvozov joriy yil may oyida O‘zbekistonga qilgan tashrifini ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam va rivojlanib borayotgan aloqalarga misol sifatida tilga oldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan ikki tomonlama memorandum imzolanganini maʼlum qildi.

Elchi Mahmudova dastlab O‘zbekistonning Isroildagi ilk bor tayinlangan faxriy konsuli, Isroil – O‘zbekiston aloqalarining azaliy do‘sti va tarafdori Sara Svini qutladi. So‘ngra maxsus mukofotni topshirish uchun Xolon Texnologiyalar instituti prezidenti, professor Eduard Yoqubovni taklif etdi. Professor E.Yoqubov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq taʼsis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Taʼkidlash joiz, esdalik nishonlari O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqaro nufuzini yuksaltirishga alohida hissa qo‘shgan insonlarga topshiriladi.

Isteʼdodli sanʼatkorlar ijrosidagi jonli konsert dasturining namoyishi tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi.

O‘zbekiston elchixonasi va xalqini davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati hamda Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan samimiy qutlaymiz, deb yozadi Diplomacy.co.il yangiliklar portali.

Mavzuga oid

Xitoyda O‘zbekiston mustaqilligining 31 ...

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida Xitoyda tahsil olayotgan va mehnat faoliyati bil...

O‘zbekiston Prezidenti bir guruh chet el...

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi ...

Malayziyada O‘zbekiston Respublikasi mus...

Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 ...

So`nggi yangiliklar