Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Iyul/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston mintaqalari va Turkiyaning Xatay provinsiyasi tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi

TOSHKENT, 8-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Turkiyaning Xatay provinsiyasi hokimi Lutfi Savash bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) manbasiga ko‘ra, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bugungi holati, yuqori darajadagi tashrif va tadbirlar yakunlari hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatning qulay investitsiya muhiti va xorijiy sarmoyadorlarga berilayotgan imtiyozlar natijasida turk investorlarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi yildan-yilga ortib borayotgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida metallurgiya, avtomobilsozlik, charm-poyabzal va mebel sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jaligida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganishga hamda Xatay provinsiyasi va O‘zbekiston hududlari tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Qashqadaryo viloyatida Janubiy Koreya te...

Mamlakatmizning Seuldagi elchixonasida Janubiy Koreyaning «i-Sens Inc.» kompaniyasi ijroch...

Yaponiyaning yirik jamg‘armasi bilan mad...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan «Nippon Foundation» jamg‘armasi raisi Y...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Saud...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurz...

So`nggi yangiliklar