18/May/2022 O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida
SANKT-PETERBURG, 18-may. /“Dunyo” AA/. “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVII xalqaro mini-futbol turnirida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
12-15 may kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur turnirda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri, Leningrad, Kursk, Smolensk, Murmansk, Novgorodsk, Tambov viloyatlari, Mordaviya Respublikasi, Krasnoyarsk o‘lkasi va O‘zbekiston jamoalari ishirok etdi.