Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Yanvar/2023   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston mahsulotlari Malayziya elektron tijorat platformasida muvaffaqiyatli sotilmoqda

KUALA-LUMPUR, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, Malayziya bozorlarida o‘zbek mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, eksport qilinadigan mahsulotlar turini diversifikatsiyalash bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilayotir, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Jumladan, diplomatiya missiyamiz ko‘magida Malayziyaning «Alpha Group» kompaniyasi va mamlakatimizning «Sunny Land Products» MCHJ korxonasi o‘rtasida umumiy qiymati 1 million AQSH dollari miqdorida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari imzolandi. Ushbu shartnoma doirasida muzlatib quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Malayziya bozorlariga birinchi bor eksport qilindi.

Shuningdek, elchixona tomonidan Malayziya isteʼmolchilariga o‘zbek milliy mahsulotlari brendlarini tanitish va targ‘ib qilish maqsadida ushbu mamlakat bozorini o‘rganish bo‘yicha doimiy marketing tadqiqotlari olib borilmoqda. Tahlillar natijasida joriy yilning yanvar oyidan boshlab elektron marketing asosida «Bonaff Crunchy» brendi ostida muzlatib quritilgan qovun, anjir, o‘rik va jami yetti xil turdagi mahsulotlar “Snackspot” https://snackspot.co elektron platformasida sotish tashkil etildi.

Mazkur platforma joriy yilning yanvar oyida yaratilgan bo‘lib, eksport va import operatsiyalarida ishtirok etuvchi Malayziya Bojxona departamenti, tijorat banklari, logistika kompaniyalari bilan bog‘langan. Shu yil fevral oyida platformaning Singapur va Indoneziyada ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan.  

Elchixona «Alpha Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda Malayziya bozorlarida sotiladigan milliy mahsulotlar nomenklaturasini oshirish bo‘yicha istiqbodagi vazifalarni muhokama qilmoqda.

Mavzuga oid

Yaponiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarol...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning «Jonan Kotsu Co...

O‘zbekiston va Afg‘onistonning yuqori da...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni ishbila...

O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari o‘rtasida onlayn videokonferensiya sh...

So`nggi yangiliklar