Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan majburiy va bolalar mehnatini taqiqlash bo‘yicha normalar Misr OAV nigohida

QOHIRA, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Misrning “Al-Muvatin” va «Sada al-Balad» axborot agenliklarining veb-saytlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Tilavoldiyevning «Oq paxtadagi «qora dog‘» fojeasi takrorlanmasligi uchun konstitutsiyaviy asos yaratilmoqda» sarlavhali tahliliy maqolani arab va ingliz tillarida  eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muallif taʼkidlaganidek, yaqin yillargacha O‘zbekistonda  o‘qituvchilar, shifokorlar, umuman, ijtimoiy soha xodimlari, harbiylar, talabalar, eng ayanchlisi, maktab o‘quvchilarining majburiy mehnatga, ayniqsa, paxta yig‘im-terimiga jalb etilishi oddiy hol edi.

«Aynan shuning uchun uzoq yillar oq paxtamiz jahon hamjamiyati oldida biz uchun «qora dog‘» bo‘lib keldi», deyiladi nashrda.- 2010 yildan boshlab «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxatasiga boykot eʼlon qilib, uni sotib olishdan voz kechdi».

Materialda uzoq yillik mashaqqatli mehnat, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining saʼy-harakati, qishloq xo‘jaligi sohasida inqilobiy islohotlar o‘tkazilishi  va boshqa chora-tadbirlarni tizimli tashkil etilishi natijasida 2022 yil 10 mart kuni «Cotton Campaign» koalitsiyasi O‘zbekistonga nisbatan joriy etilgan 12 yillik boykotni bekor qilgani maʼlum qilingan.

«Majburiy va bolalar mehnatining taqiqlanishi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilishi ushbu siyosiy qaror abadiy ekanini ko‘rsatadi,- deya qayd etadi muallif. - Konstitutsiyamizga kiritilayotgan muhim o‘zgarishlardan biri aynan majburiy mehnat, xususan, bolalar majburiy mehnatiga to‘liq barham berilishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. 44-moddaga ko‘ra, «Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi».

   Shuningdek, materilada bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, uning taʼlim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi Asosiy qonun loyihadan o‘rin olganiga alohida urg‘ulangan.

«Albatta, bolalarning barkamol rivojlanishiga salbiy taʼsir qiladigan majburiy mehnatning taqiqlanishi Bosh qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozib qo‘yilishi ko‘rsatilgan siyosiy qatʼiyatdan ortga qaytilmaslikni ifodalab, ushbu sohada erishilgan yutuqlarni yana-da mustahkamlaydi», deya  taʼkidlaydi Misr OAV.

Maqolada taʼkidlanganidek, ushbu konstitutsiyaviy norma bolalarning sog‘lig‘i, xavfsizligi, to‘liq jismoniy, aqliy va maʼnaviy rivojlanishiga tahdid solmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan tarzda mehnat qilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Yaʼni Maktabdan keyin yoki taʼtil davrida bolaning uy, oilaviy hamda qishloq xo‘jaligi ishlarida ota-onasiga yordam berishi imkoniyati saqlab qolinadi.

«Xulosa qilib aytganda, o‘zgarayotgan Konstitutsiyamizning har bir normasi barcha aholi qatlamlari manfaatlarini inobatga olgan, jamiyatimizni yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida birlashtiridigan, mamlakatimiz taraqqiyotiga ko‘p yillar xizmat qiladigan mukammal xuquqiy asos bo‘ladi, deb ayta olamiz», deb yozadi deputat Nodir Tilavoldiyev.

Mavzuga oid

Dubaydagi vatandosh: Konstitutsiyaga o‘z...

«Synergy University Dubai» universiteti talabasi, hamyurtimiz Sevara Miщanskaya

Fransiyaning Bordo va Lion shaharlarida ...

Kecha mamlakatimiz Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumida mudda...

BAAdagi vatandosh: Konstitutsiyaviy islo...

Sharja aeroportining biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nasiba Isxaki

So`nggi yangiliklar