07/Dekabr/2022 Jamiyat
PARIJ, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. Fransiya oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati o‘z tabriklarini yo‘llashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Firdavs Qahhorov, Serji Parij universiteti magistranti:
- Joriy yilda ham Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Vatanimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiya va albatta Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun har bir o‘zbekistonlik uchun faxr-iftixordir. Ayniqsa, chet ellarda vatanimiz ramzlarini ko‘rganda biz ich-ichimizdan quvonamiz. Barchamizning hayotimizda Konstitsiya muhim o‘rin egallaydi.
Fursatdan foydalanib, ostonada turgan Konstitutsiyamizning 30 yilligi bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlayman.
Shamsiyabonu Irshodzoda, Serji Parij universiteti magistranti:
-Asosiy Qonunimiz qabul qilingan shonli sana bilan butun xalqimizni muborakbod etar ekanman, barchaga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.
1992 yilda qabul qilinganidan buyon O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi eng muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizni modernizatsiya qilish va yana-da taraqqiy toptirishga qaratilgan ulkan qamrovdagi islohotlarning hayotga izchil tadbiq etilishida, shubhasiz, Asosiy qonunimizning o‘rni beqiyosdir.
Biz, talabalar hayotida ham Konstitutsiyamiz muhim o‘rin tutadi. Unda har bir yurtdoshimizning taʼlim olishi kafolatlagan, huquq va erkinliklari taʼminlangan.