Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Yanvar/2023   Hamkorlik

O‘zbekiston hududlari va Chelyabinsk o‘rtasidagi aloqalar jadallashtiriladi

YEKATERINBURG, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxona xodimlari Chelyabinsk viloyatida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Ivan Kutsevlyak bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Mazkur viloyat Rossiya hududlari orasida O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri ekanligini inobatga olgan  holda joriy yilning ikkinchi choragida Chelyabinsk shahrida «Made in Uzbekistan» mahsulotlar ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifi bildirildi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi vaqtida Ural mintaqasi, shu jumladan, Chelyabinsk viloyatidagi sanoat korxonalariga safarbar qilingan minglab o‘zbekistonliklar xotirasiga atab Chelyabinsk shahrida yodgorlik o‘rnatish masalasi xususida fikr almashildi. Viloyat vakillari ushbu takliflarga ijobiy munosabat bildirdi.

O‘z navbatida, Ivan Kutsevlyak mamlakatimiz hududlari  va Chelyabinsk viloyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha katta salohiyat borligini qayd etdi.

«Bizda Toshkent shahri va Buxoro viloyati hokimliklari bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitim ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatning yaqin muddatda imzolanishi o‘zaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi, deb o‘ylayman. Shuningdek, Chelyabinsk viloyatida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasini ochish, shuningdek, O‘zbekiston hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirish singari masalalarni ko‘rib chiqish zarur», dedi Ivan Kutsevlyak.

Safar davomida OTV telekanali vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekistonning boy ilmiy, madaniy-maʼnaviy merosi va sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan maxsus reportajlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

“Yangi O‘zbekiston” universitetida Janub...

Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillarida...

O‘zbekiston va Belarus Adliya vazirlikla...

O‘zbekiston Adliya vazirligi taklifiga binoan, Belarus Respublikasi adliya vaziri Sergey X...

Janubiy Koreyaning rasmiy va ishbilarmon...

Amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning Pyontek shahar meri Ch...

So`nggi yangiliklar