Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Avgust/2020   Sayyohlik

O‘zbekiston, Germaniya va Avstriya sayyohlik kompaniyalari vakillari hamkorlikni qayta tiklash istiqbollarini muhokama qildi

FRANKFURT-MAYN, 22 avgust. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Germaniyaning «BZ.COMM» kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov hamda O‘zbekiston, Germaniya va Avstriya sayyohlik kompaniyalarining 100 ga yaqin vakillari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Videokonferensiyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda faol targ‘ib qilish va yevropalik sayyohlar oqimini mamlakatimizga qaytishini tiklash masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda, shuningdek, Germaniya, Avstriya va Shveysariyaning “RTL” telekompaniyasi, “Die Welt”, “Frankfurter Allgemeine Zeitung”, “Frankfurter Neue Presse”, “Berliner Morgenpost” gazetalari, “Focus”, “time4you” kabi yirik jurnallar vakillari ham qatnashdi.

Muloqot davomida chet ellik sheriklar va ommaviy axborot vositalariga O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, qadimiy shaharlari, madaniy va tarixiy joylari, dam olish maskanlari, gastronomiya, hunarmandchilik an’analari, shuningdek, sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari mamlakatimizda pandemiyaning turizm sohasiga ta’sirini kredit va soliq ta’tillari, subsidiyalar va grantlar ko‘rinishida kamaytirish, shuningdek, chet ellik sayyohlar uchun sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga katta qiziqish bildirdi.

Xususan, tadbir ishtirokchilariga «Uzbekistan. Safe travel guaranteed» xavfsizlik tizimi asosida mamlakatimizda xalqaro turizmni qayta tiklash rejasi taqdim etildi. Qayd etilganidek, ushbu tizim xalqaro sayyohlik xavfsizligining eng yuqori talablariga javob beradi.

Videokonferensiya doirasida sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida alohida muloqot sho‘’basi tashkil qilindi. Unda tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi, sayyohlik almashinuvini tiklash to‘g‘risida fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu muloqot shaklini muntazam ravishda davom ettirishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

Toshkent mahallalari YUNESKO tomonidan B...

YUNESKO Toshkent mahallalarini Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritdi...

BAA aviakompaniyalari O‘zbekistonga parv...

O‘zbekiston Transport vazirligida BAA aviatsiya maʼmuriyati vakillari bilan muzokaralar bo...

Toshkent Singapur menejmentni rivojlanti...

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish ins...

So`nggi yangiliklar