Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Ilm-fan

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari Istanbulda o‘tkazilgan Turkiya Fanlar akademiyasi va Osiyo Fanlar akademiyalari hamda jamiyatlari assotsiatsiyasi simpoziumida ishtirok etdi

 TOSHKENT, 28 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan Turkiya Fanlar akademiyasi va Osiyo Fanlar akademiyalari hamda jamiyatlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro simpoziumda  ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Safar davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Turkiya Fanlar akademiyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.  Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Istanbul shahrida Turkiya ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar kengashi prezidenti, professor Hasan Mandal, Istanbul Zaim universiteti prezidenti va rektori, professorlar M.Bulut va A.Azhar hamda Namik Kamol universiteti professorlari F.Guktepe va U.Guktepe bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 Turkiya ilmiy va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan kechgan mloqot chog‘ida qo‘shma loyihalarni  amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 Bundan tashqari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Turkiyaning Marmara ilmiy tadqiqotlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  Markazdagi Suvni tozalash texnologiyalari, Polimerlar kimyosi, Yuqori temperaturalar va materialshunoslik hamda Biotexnologiyalar laboratoriyalari o‘zbek olimlarida katta taassurot qoldirdi.

 Markaz olimlari va tadqiqotchilari ishtirokida seminar tashkil etildi, unda ikki tomonama hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi.

Muloqot natijasida joriy iyun oyi Marmara ilmiy tadqiqotlar markazi vakillarining O‘zbekistonga ilmiy safarini yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid

AQShning Vebster universiteti ta’lim das...

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan O‘zbekistonda AQShning Vebster uni...

Angolalik yoshlar O‘zbekiston oliy o‘quv...

Angolalik yoshlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari mumkin.

Xorazmda yangi xalqaro universitet tashk...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Urganch shahrida xalqaro “Bin...

So`nggi yangiliklar