Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Mart/2021   Vatandoshlarimiz

O‘zbekiston elchixonasi Rossiyada tahsil olayotgan vatandoshlar va ularning ota-onalariga murojaat yo‘lladi

TOShKENT, 23 mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchixonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida Rossiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va ularning ota-onalariga pandemiya bilan bog‘liq cheklov choralari tufayli Rossiyaga kirish hali ochilmagani to‘g‘risida murojaat yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


«Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chet ellik talabalarning ushbu mamlakatga kirib kelish tartibiga ko‘ra, faqat Rospotrebnadzor tomonidan xavfsiz epidemiologik vaziyatga erishgan mamlakat sifatida tavsiya etilgan davlatlar fuqarolari Rossiyaga ta’lim olish maqsadida kirishi mumkin», deyiladi elchixona ma’lumotida. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan.

Elchixona xabarida ta’kidlanishicha, talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlov kurslari tinglovchilari bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirishga ruxsat etilgach, bu haqda qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligining +7 (495) 198-00-00 telefon raqami yoki scminobr@mail.ru elektron pochtasiga murojaat qilish mumkin.

Elchixona Rossiya ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari hozircha ushbu mamlakatga kirish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifasiga kirmasligini yana bir karra ma’lum qiladi.

Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, o‘tgan yil oxirida e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning 35 mingga yaqin fuqarosi tahsil oladi. Ayni paytda ularning 7 mingga yaqini Rossiyaga kira olmayapti.

Mavzuga oid

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi ...

Qirg‘iziston va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma...

O‘zbek diplomatlari Ozarbayjonning Geran...

O‘zbekistonlik diplomatlar konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Ozarbayjonning Ge...

Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandosh...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan Koreya Respublikasida bo‘lib turgan vatand...

So`nggi yangiliklar