Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston elchixonasi Polshada bo‘lib o‘tgan Xalqaro festivalda mashhur o‘zbek taomlarini taqdim etdi


 VARSHAVA, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi dunyo mamlakatlari milliy taomlarining «Charity bazar» xalqaro xayriya festivalida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning “O‘zbekiston – Sharq durdonasi” deb nomlangan milliy stendi kulolchilik mahsulotlari, idish-tovoqlar, atlas va adras gazlamalari, so‘zana, milliy liboslar, yurtimiz manzaralari va tarixiy shaharlari aks ettirilgan suratlar, turizm sanoati haqida risola va jurnallar bilan bezatildi. Tadbir mehmonlari va ishtirokchilariga O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti va uning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan filmlar namoyish etildi. Bu esa mamlakatimiz haqida yanaba boy tassurotlar shakllannishiga imkon berdi.

Mehmonlar o‘zbek milliy oshxonasining mashhur durdonalari –palov, manti, go‘sht va qovoqdan tayyorlangan somsa, qazi, chuchvara, turli shirinlik va quritilgan mevalardan tatib ko‘rishga taklif qilindi.

Taqdim etilgan milliy sanʼat namunalari, zargarlik buyumlari, kiyim-kechak va pazandachilik anʼanalari festival mehmonlarining eʼtiborini tortdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, elchixona “Sharqning eng xilma-xil taomlari” nominatsiyasi bo‘yicha sovrin bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ilm...

O‘zbekistonning Dehlidagi elchisi Dilshod Ahatov nufuzli xorijiy ilmiy markazlar bilan inn...

Shayx Naxayon: O‘zbekistonda maʼrifiy va...

O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) elchisi Baxtiyor Ibragimov BAA Bag‘r...

O‘zbekistonda raqamli savdo infratuzilma...

Kecha mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston axborot texnolog...

So`nggi yangiliklar