Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Dekabr/2021   Vatandoshlarimiz

O‘zbekiston elchixonasi: 32 nafar yurtdoshimiz mehnat qilish uchun Janubiy Koreyaga yetib keldi

SEUL, 29-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida joriy yil 27 dekabr kuni «Ye-9» vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyati olib borish uchun 32 nafar yurtdoshimizdan iborat navbatdagi guruh Janubiy Koreyaga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri


Inchxon xalqaro aeroportida vatandoshlarimizni O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi xodimlari kutib oldi.

Shu yerning o‘zida vatandoshlarimizga Janubiy Koreyada bo‘lgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning huquqiy yechimlari to‘g‘risida ma’lumot berildi,  ular Koreya Respublikasida yashash hamda ishlash tartib-qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirildi.

Shundan so‘ng yurtdoshlarimiz 10 kunlik karantin davrini o‘tash uchun maxsus ajratilgan joylarga kuzatildi. Karantin davrida mavsumiy ishchilar barcha zarur vositalar bilan ta’minlanib, tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng ish joylariga yetib borishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Turkiyada yashovchi vatandoshimiz Ohanga...

Turkiyada yashovchi vatandoshimiz Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi 7-sonli ixtisosla...

Dubayda vatandoshlarimiz ishtirokida onl...

Mamlakatimizning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligin...

Rossiyada mehnat qilayotgan vatandoshlar...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda 30 iyun - Yos...

So`nggi yangiliklar