Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Madaniyat

O‘zbekiston elchisi Polsha Milliy xotira muzeyi direktori bilan uchrashdi

VARSHAVA, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev Polsha Milliy xotira instituti direktori Kshishtof Shvagjik bilan mamlakatimizda polshalik askarlar va Polshada o‘zbek askarlari dafn etilgan maskanlarni obodonlashtirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Polsha vakillari Milliy xotira instituti delegatsiyasining 2021 yil iyul va 2022 yil may oylarida  general  Vladislav Andres armiyasi askarlari va ularning oila aʼzolari qabrlarini aniqlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekistonga amalga oshirilgan safarga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Kshishtof Shvagjik safar davomida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik alokalari qo‘mitasi va Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti rahbariyati bilan tashkil etilgan uchrashuvlar, Buxoro viloyatiga tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlar haqida so‘zlab berdi.

Ushbu tashriflar doirasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ilmiy, arxiv va xotiralarni abadiylashtirish sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, «Umid yo‘li» xalqaro memorial-maʼrifiy loyihasini amalga oshirish ishlari O‘zbekiston tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Polsha-O‘zbekiston hamkorligi arxiv hujjatlarini o‘zaro almashish va raqamlashtirish, qo‘shma ilmiy nashrlar chop etish, 1942-1943 yillarda O‘zbekistonda yashagan general Vladislav Andres hayotiga bag‘ishlangan anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik ishlarining muhim tarkibiy qismi Ikkinchi jahon urushi paytida Polshada halok bo‘lgan o‘zbek askarlarining qabrlarini qidirish va aniqlashdan iborat. Xususan, general Sobir Rahimov dastlab dafn etilgan (keyinchalik uning xoki Toshkentga ko‘chirilgan) va uning ramziy qabri joylashtirilgan Gdansk yaqinida 70 dan ortiq qabr aniqlangan.

O‘zbekistonliklarning polyaklar xotirasini yod etib, ular dafn etilgan joylarni obodonlashtirish bo‘yicha saʼy-harakatlari, polyak millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, O‘zbekiston-Polsha do‘stlik jamiyatining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi.

Polsha xalqi Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonda 200 mingdan ortiq polyaklarga ko‘rsatilgan chin insoniy eʼtibordan  minnatdor va ular buni hech qachon unutmaydi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi delegatsiyasining 2022 yil sentyabr oyida Polshaga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

«O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma a...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Tojikiston Milliy kutubxonasida Madaniyat vazirligi huz...

Belarusda O‘zbek kinosi kunlari boshland...

O‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi «Listapad» XXVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtir...

«The Korea Post»: Navro‘z kunlari O‘zbek...

«The Korea Post»: Navro‘z kunlari O‘zbekistonga sayohat qilish, o‘zbek xalqining madaniyat...

So`nggi yangiliklar