Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Oktabr/2021   Ta'lim

O‘zbekiston elchisi Parij II Panteon-Assas universiteti bilan huquqshunos kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi


PARIJ, 8-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Parijdagi elchisi Sardor Rustamboyev O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama munosabatlar ko‘lamlarini kengaytirish maqsadida Parij II Panteon-Assas universiteti rektori S.Brakonne va ushbu oliy o‘quv yurtining xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori E.Shavryo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

S.Brakonne O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan  hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qilar ekan, bugungi kunda o‘zi rahbarlik qilayotgan universitet mamlakat bo‘ylab 17 ta kampusga, shu jumladan, Singapur, Dubay va Mavrikiy orollarida xorijiy filiallarga ega ekanini aytdi. Ushbu ta’lim muassasalarida 18 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi, 2 ming nafarga yaqin professor va o‘qituvchi faoliyat yuritadi. 

Universitetda 5 ta asosiy yo‘nalish - huquq, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, menejment, axborot va jurnalistika yo‘nalishlarida bakalavr va magistratura darajasida ta’lim beriladi. 5 ta doktorantura maktabi va 24 ta tadqiqot markazida yiliga 200 ga yaqin dissertatsiya yoqlanadi. Universitet 200 mingta kitob fondidan iborat bo‘lgan kutubxonaga ega.  

Fransuz oliy ta’lim muassasasi bugungi kunga qadar 300 ta xalqaro hamkorlik va almashuv bitimini imzolagan bo‘lib, ular doirasida 3 mingga yaqin chet ellik talaba Parij II Panteon-Assas universititida ta’lim olmoqda va 150 nafar xorijlik professor har yili ishga taklif etiladi.  

Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor E.Shavryo O‘zbekiston ta’lim muassasalari, xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish borligini ta’kidladi. Istiqbolli yo‘nalishlar sifatida Fransiyada huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va xalqaro huquq sohalari qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Parij II Panteon-Assas universiteti rahbariyati o‘rtasida videomuloqot o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyada tahsil olayotgan o‘zbek...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston umumjahon yoshlar ass...

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univer...

Mamlakatimizning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univ...

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627-yilligi...

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627-yilligi munosabati bilan «Ulug‘bek izdoshlari» olimpiadas...

So`nggi yangiliklar