Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Mart/2021   Sayyohlik

O‘zbekiston elchisi Latviya Bosh vazirining maslahatchisi bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildi

RIGA, 8 mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonov Latviya Bosh vazirining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Dana Goldfincha bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi, deb xabar berdi «Dunyo» AA muxbiri.


Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Latviya hamkorligining istiqbollari, turli darajalarda rejalashtirilayotgan muloqotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar masalalari muhokama qilindi.

Latviya hukumati rahbarining maslahatchisi O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan tanishtirildi.

Tomonlar vazirliklar o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi, iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisiga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotganini alohida qayd etdi.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 6 ming nomdagi tovarlarni bojsiz olib kirishga imkon beradigan «GSP+» tizimining benefitsiar maqomini olish bo‘yicha sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

2021 yilning O‘zbekiston uchun alohida ahamiyati ta’kidlandi.

Xususan, sentabr oyida mamlakatimiz davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganining 30 yilligi keng nishonlanadi, iyul oyida «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar»  mavzusidagi xalqaro konferensiya va «Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» nomli Xiva forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Dana Goldfincha e’tibori Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 46-sessiyasida so‘zlagan tarixiy nutqi mazmun-mohiyatiga ham qaratildi.

Suhbatdosh Latviyaning O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirishga qaratilgan amaliy qadamlar qo‘yishga sodiqligini bildirdi.

Riga Toshkent bilan sheriklik darajasini oshirishga qiziqish bildirayotgani alohida ta’kidlandi. O‘zaro hamkorlik kun tartibini amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar bo‘yicha fikr almashildi.

Dana Goldfincha pandemiya sababli vaqtincha to‘xtatilgan «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasining «Toshkent-Riga-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarini tezroq qayta tiklash muhimligi haqidagi fikrga qo‘shildi. Bu ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga, savdo hajmini oshirishga va turistik almashinuvlarni faollashtirishga yordam beradi.

Latviya tomoni O‘zbekistonning “GSP+” tizimi benefitsiar davlat maqomini olish va Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni  imzolashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.

Tadbirda Latviya Bosh vazirining maslahatchisi bilan muntazam amaliy aloqalarni davom ettirish va o‘zaro fikr almashish, O‘zbekiston-Latviya hamkorligi kun tartibiga oid tegishli ma’lumotlar bilan almashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Mashhur “France 5” telekanalida O‘zbekis...

Fransiyaning “France 5” telekanalida O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuv efirga uzatildi va u ...

O‘zbekiston turizm salohiyati BAAdagi xa...

Birlashgan Arab Amirliklarida turizm sohasida dunyodagi eng yirik tadbir — «Arabian Travel...

Daniyadagi vatandosh: Vatandan uzoqda bo...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 avgust kuni xorijda m...

So`nggi yangiliklar