Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Fevral/2022   O`zbekistonning IHTga raisligi

O‘zbekiston elchisi ITHga a’zo davlatlar Doimiy vakillari kengashi raisi vazifasiga tasdiqlandi

TЕHRON, 10 fevral. /«Dunyo» AA/. Eron poytaxtida O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Doimiy vakillari kengashining (ITH DVK) birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.


ITH DVK 261-yig‘ilishida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya doimiy vakillari, shuningdek, tashkilot Bosh kotibi va ITH kotibiyatining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

ITH tartibotiga muvofiq, O‘zbekistonning Erondagi elchisi Bahodir Abdullayev  tashkilot Doimiy vakillari kengashi (DVK) raisi vazifasiga tasdiqlandi.

Elchi Bahodir Abdullayev yig‘ilish doirasida taqdim etgan nutqida O‘zbekistonning ITHga raisligidagi maqsad va vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning IHTga raisligi «2022 yil – o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili» shiori ostida «ITH-2025 istiqbollari», shuningdek, tashkilot doirasida qabul qilingan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha reja va dasturlarga muvofiq amalga oshirilishi ta’kidlandi.

O‘zbekistonlik diplomat 2021 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan ITH Davlat rahbarlarining 15-sammiti chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev ITHga a’zo davlatlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga samarali hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan qator dolzarb va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surganini ta’kidladi.

ITH Bosh kotibi Xusrav Noziriy elchi Bahodir Abdullayevni DVK yangi raisi lavozimini egallagani bilan qutladi. Bosh kotib O‘zbekiston raisligi, albatta, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirishda Kengashga ko‘mak ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi ITHga a’zo davlatlar...

Eron poytaxtida O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Doi...

O‘zbekiston Prezidentining IHTda 2022 yi...

O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) raisligi munosabati bilan Prezident...

O‘zbekiston TIV rahbari IHT Bosh kotibi ...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Iqtisodiy hamkorlik ...

So`nggi yangiliklar