Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/May/2023   Prezident saylovi-2023

O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini muddatidan ilgari Prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun tasdiqladi

 TOSHKENT, 30-may. /“Dunyo” AA/. Bugun  o‘tkazilgan Ekologik partiyaning IV qurultoyida  partiya yetakchisi Abdushukur Xamzayev 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari saylovlarda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida  tasdiqlandi, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Eslatib o‘tamiz,  12 may Ekologik partiya Abdushukur Xamzayev nomzodini prezidentlikka tavsiya qilgan edi. Shundan so‘ng  partiya saylovda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim etdi va  ruxsat oldi.

Qurultay davomida, shuningdek, nomzodning saylovoldi dasturi ham tasdiqlandi.

Uning saylovoldi dasturida pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishga yo‘naltirilgan «Yashil O‘zbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqish, «Yashil viza» dasturini joriy etish, tarmoqlar va hududlarning «yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi»ni ishlab chiqish, yuk tashishni yirik mashinalardan temir yo‘llarga o‘zgartirishga qaratilgan choralar va  boshqa vazifalar nazarda tutilgan.

Eslatib  o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovni  va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi esa Robaxon Mahmudovani  O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi.

Ekologik partiya saytidan olingan surat

Mavzuga oid

Vashingtonda O‘zbekiston Prezidenti sayl...

Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, 9 iyul mahalliy vaqt bilan soat ...

Mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan mu...

Polshaning siyosiy tahlilga ixtisoslashgan SIEWIE.TV internet portalida “Referendumdan so...

Germaniyadan munosabat: Muddatidan ilga...

“Bonn-Buxoro” Germaniya-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Oksana Ten...

So`nggi yangiliklar