Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Vatandoshlarimiz

O‘zbekiston diplomatlari Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

KUNMIN (XITOY), 30-mart /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi vakillari Xitoyning Yunnan provinsiyasida taʼlim olayotgan va vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Yunnan universiteti, Kunmin universiteti, Yunnan millatlar universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, kompaniya va firmalarida mehnat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida vatandoshlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizda turli sohalarda erishilayotgan ijobiy natijalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Yig‘ilganlarga yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar, yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning qabul qilinishida xalqimizning faol ishtiroki va ular tomonidan bildirilgan takliflar haqida gapirib berildi.

O‘z navbatida vatandoshlar joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Konstitutsiya bo‘yicha referendumda faol ishtirok etib, islohotlar jarayoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlarini taʼkidlashdi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, vatandoshlarga zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

Bosh konsulxona xodimlari Madina islom u...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Madina shahridagi Madina islom universitetida tah...

Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan vatan...

Janubiy Koreyada mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan T...

Novosibirskdagi o‘zbekistonlik mehnat mu...

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan mazkur shahardagi “Vira...

So`nggi yangiliklar