Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2021   Siyosat

O‘zbekiston delegatsiyasi yangi saylangan Eron Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi


TЕHRON, 4 avgust. /«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Prezidenti inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasidan  ma’lum qilinishicha, Tehron xalqaro aeroportida O‘zbekiston delegatsiyasini Eron Islomiy Kengash Majlisining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi B.Rahimiy kutib oldi.
Eron Islomiy Kengash Majlisining qo‘mita raisi O‘zbekiston delegatsiyasini Eronga tashrifi bilan qutlar ekan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining ushbu siyosiy tadbirda ishtiroki ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga katta hissa qo‘shajagini bildirdi. 
B.Rahimiyning aytishicha, O‘zbekistonda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda yuz berayotgan katta o‘zgarishlar Eron siyosiy doiralari, ayniqsa parlamenti vakillari tomonidan yuqori baholanmoqda. Eron parlamenti vakili Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv va ochiq tashqi siyosatni e’tirof etdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bugun yangi saylangan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy tomonidan qabul qilinadi.  
Eron Prezidentining inauguratsiya marosimida 73ta davlatdan 115 nafar oliy va yuqori martabali mehmonlar boshchiligidagi delegatsiyalarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Samarqand viloyati bilan Xenan provinsiy...

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimo...

Ertaga YEXHT DIIHB direktori O‘zbekiston...

27-aprel – 1-may kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Demokrat...

Gao Denban: O‘zbekiston rahbarining EKSP...

Xitoyning yirik kompaniyalari vakillari davlatimiz rahbarining Import mahsulotlari uchinch...

So`nggi yangiliklar