Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston delegatsiyasi Misrda o‘tkazilayotgan ICESCO anjumanida ishtirok etmoqda


QOHIRA, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligidagi delegatsiya Misrda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

6-9 dekabr kunlari Misrning yangi maʼmuriy poytaxtida 49 ta davlat ishtirokida Islom olami fan, taʼlim va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) Ijroiya kengashining 42-sessiyasi va ICESCO Bosh konferensiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, Xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining Misrga tashrifi doirasida Qohira shahridagi elchixonamiz tomonidan ushbu mamlakatda tahsil olayotgan yuzlab vatandoshlarimiz bilan “ochiq muloqot” o‘tkazildi, bundan tashqari 7 dekabr kuni “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etilmoqda.

Tashrif davomida ICESCO Bosh kotibi va xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Pokistondan munosabat: O‘zbekiston-Pokis...

Bugun O‘zbekiston va Pokiston rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn-sammit natijalari Po...

Liliya Yakupova: Konstitutsiya — O‘zbeki...

Tailanddagi sayyohlik agentliklaridan birida faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Liliya ...

Qirg‘izistonning Norin viloyati gubernat...

Qirg‘izistonning Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev boshchiligidagi delegatsiy...

So`nggi yangiliklar