Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Aprel/2021   Ta'lim

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi

TOSHKENT, 6-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Hukumat qaroriga ko‘ra, filial O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Filialning asosiy vazifalari etib milliy musiqa sanʼati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash  belgilandi.

Hujjatga binoan taʼlim muassasasida o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi. 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi.

Filialga talabalarni bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilish ko‘rsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Mavzuga oid

Britaniya universiteti O‘zbekiston oli...

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari va Britaniyaning Nottingem Trent universiteti (Nottingha...

Belgiyaning 75 yillik tajribaga ega tahl...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi rahbari Eldor Tulyako...

Termizda yangi institut tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filial...

So`nggi yangiliklar