Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Noyabr/2020   Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari raisligida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlari va eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi o‘rganildi

TOSHKENT, 2-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligidagi eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi 29-31 oktyabr kunlari vazirlik, idora, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarini jalb qilgan holda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlar va eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ish olib bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, ish davomida korxona va obyektlarga bevosita chiqish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning may-iyun oylarida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar bajarilishining monitoringi olib borildi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi o‘rganildi, dolzarb muammolar aniqlanib, ularni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi. Bundan tashqari, joylarda aniqlangan muammolarni hal etish uchun tegishli idoralar va tarmoq tashkilotlarini jalb qilgan holda topshiriqlarning ijro muddatlari hamda ijrosiga masʼul rahbarlar belgilandi.

Shuningdek, uchala viloyatda eksport va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi faoliyati davomida berilgan ko‘rsatmalar va belgilangan amaliy chora-tadbirlar bajarilishi ham o‘rganildi. Joylarda sanoatni rivojlantirishni faollashtirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, sanoat klasterlari va erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘rib chiqildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yalpi hududiy mahsulot, sanoat ishlab chiqarish hajmlari va davlat byudjetiga tushumlarining o‘sishi hamda mahalliy aholini ish bilan taʼminlashga taʼsiri baholandi.

Eksportchilar va investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni yuqori sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun yechimi topilishi zarur bo‘lgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha vazirlik, idora, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining muvofiqlashtirilgan faoliyati asosiy ustuvorlik sifatida qayd etildi.

Aynan shu formatda ish olib borish qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni taʼminlash va ayni vaqtda sezilarli natijalarga erishish imkonini berayotgani taʼkidlandi. hududlarda ilgari ishlamay turgan korxonalar va yangi sanoat obyektlari ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlari o‘zlashtirilmoqda. Jumladan, ish safari davomida Hukumat komissiyasi aʼzolari bir qator ishlab chiqarish korxonalarining ochilishida ishtirok etdilar. Masalan, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida issiqxona konstruksiyalarini qurishga mo‘ljallangan yuqori kuchlanishli o‘t oldirish simlari va metall quvurlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali «Agro Impex Valley» korxonasi ochildi. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining tezkor harakatlari bilan ushbu korxonaning o‘z vaqtida ishga tushirilishi taʼminlandi.

Hukumat komissiyasi olib borgan ishlar yakunida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tuman va shaharlarida iqtisodiy o‘sishning eng muhim nuqtalaridan biri va aholi bandligini taʼminlashning asosiy manbai hisoblangan tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor aniqlash va hal etishning barqaror mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirish borasida izchil ishlarni olib borish zarurligi taʼkidlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Ozarbayjon iqtisodiy...

O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov Boku shahrida Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail ...

Qozog‘iston Respublikasi savdo va integr...

Qozog‘iston Respublikasi savdo va integrasiya vaziri o‘rinbosari K.Torebayev bilan videoko...

O‘zbekistonga yanvar-aprel oyida 156 ta ...

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston...

So`nggi yangiliklar