Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Noyabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalarini muhokama qildi

TOSHKЕNT, 23-noyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha  Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultanov boshchiligidagi delegatsiya bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston iqtisodiy hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Suhbatda investitsiyaviy munosabatlar, savdo, sanoat kooperatsiyasi hamda transport va logistika sohasidagi hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalarga to‘xtaldi.

Sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishida qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishning dolzarbligi qayd etildi. Tomonlar agrosanoat majmuasi, mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya va farmatsevtika tarmoqlarida bugungi kunda ko‘rib chiqilayotgan qator loyihalarni muhokama qilib, yangi loyihaviy takliflarni ishlab chiqish maqsadida turli sohalarda mavjud bo‘lgan salohiyat va ishga solinmagan imkoniyatlarni o‘rganishga kelishdilar.

Hududlararo hamkorlikni faollashtirishga urg‘u berildi. Yaqin kelajakda yangi investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalarini ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va viloyatlar ma’muriyatlari rahbarlaridan iborat delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Hududlararo hamkorlik forumini, shuningdek, joriy yilning oxirigacha O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes – forum tashkil etilishi muhokama qilindi.

Ikki tomonlama savdoni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar ushbu sohadagi qator masalalarni ko‘rib chiqib, shu oyda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma Ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvlarini tashkil etishga kelishib oldilar. Bu ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralarining o‘zaro hamkorligini faollashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida transport sohasida qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator masalalar hamda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va ikki mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida birgalikda faoliyat yuritish uchun navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Mavzuga oid

ITSVda O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida h...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

Moskvada Rossiya-O‘zbekiston Ishbilarmon...

Kecha Rossiya Savdo-sanoat palatasi binosida Rossiya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashini...

Toshkentda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik...

Kecha Toshkentda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha O...

So`nggi yangiliklar