Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari “Ostona” xalqaro moliya markazi faliyati bilan tanishdi


 TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi  delegatsiya “Ostona” xalqaro moliya markazi (OXMM)ga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, OXMM mamlakatda likvidli va muvozanatli kapital bozorini rivojlantirish uchun tashkil qilingan. U investorlarni kapital hamda moliyaviy xizmatlar va investitsiya vositalarining keng doirasi bilan taʼminlovchi yagona platformadir. OXMM umumiy ingliz huquqi asosida faoliyat yuritadi hamda unga xalqaro ishtirokchilarni jalb qilish uchun bir qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etilgan.

OXMM rahbariyati investitsiya va moliyaviy sohada qonunchilikni takomillashtirish, bank-moliya yo‘nalishidagi islohotlarni amalga oshirish, kapital bozori va fintex startaplariini rivojlantirishni rag‘batlantirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, Islomiy va “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy etish hamda raqamlashtirish borasida o‘z tajribalari va erishilgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Delegatsiya aʼzolari shuningdek, OXMM Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish bo‘yicha qo‘mitasi, OXMM sudi, Xalqaro arbitraj markazi, shuningdek, OXMM “Ekspat markazi”, Uzluksiz kasbiy rivojlanish byurosi (BCPD), Moliyaviy texnologiyalar markazi (Fintech Hub) hamda OXMM Birjasi kabi OXMM organlari tashkilotlarining faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 

Mavzuga oid

Pekinda Xitoy milliy neft-gaz korporatsi...

O‘zbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasida Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi ...

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida charm...

Respublikamiz ishlab chiqarish tarmoqlariga xorijiy investorlarni jalb qilish, sohalardagi...

MOXI direktori va Qozog‘iston elchisi ...

Bugun Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov va Qozog‘iston elchisi Darx...

So`nggi yangiliklar