Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Hamkorlik

O‘zbekiston bilan Kareliya o‘rtasida oliy taʼlim va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

SANKT-PETERBURG, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (TMMA) Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi xodimlari mahalliy hukumat vakillari bilan aloqa o‘rnatish, Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi hududida vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining muammolarini o‘rganish, ularni xal etishga ko‘maklashish, o‘zbek diasporasi vakillari, jumladan, o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashish maqsadida xizmat safarini uyushtirishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Kareliya Respublikasi hukumat ijro organi rahbar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va migratsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Rossiya tomonidan Kareliya Respublikasi Iqtisodiyotni rivojlantirish va sanoat vaziri o‘rinbosari Viktor Svirskiy, Mehnat va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Yelena Frolova va Rossiya Tashqi ishlar vazirining Petrozavodsk shahridagi vakolatxonasi xodimi Aleksandr Semakov qatnashdi.

Taqdim etilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida Kareliyadan O‘zbekistonga eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 barobarga oshgan. Shu o‘rinda Koreliya tomoni O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasini oshirishni davom ettirishga hayrixoh ekanligini taʼkidlandi.

Viktor Svirskiyning aytishicha, bugungi kunda Kareliya tog‘-kon majmuasi korxonalari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Joriy yilning may oyida Petrozavodsk shahrida tashkil etilgan “Toshni qayta ishlash bo‘yicha Birinchi Kareliya xalqaro forum-ko‘rgazmasi”da O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Viktor Svirskiy bilan iqtisodiy sohadagi hamkorlik imkoniyatlaridan yana-da kengroq foydalanish maqsadida kareliyalik va o‘zbekistonlik tadbirkorlardan iborat delegatsiyalarning amaliy safarlarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Mehnat va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Yelena Frolova ayni paytda hududda o‘zbekistonlik fuqarolar asosan qurilish, qishloq xo‘jaligi, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish, ishlab chiqarish va umumiy ovqatlanish kabi sohalarda band ekanligini aytdi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida 828 nafar O‘zbekiston fuqarolari Kareliyada rasmiy ravishda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishgan, joriy yilda esa ushbu raqam yana-da ortgan. Shu o‘rinda E.Frolova O‘zbekistonning xorijiy davlatlarda mehnat qilayotgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribasi bilan tanishtirildi.

Kareliyaga tashrif davomida Bosh konsulxona vakillari Petrozavodsk davlat universiteti rahbariyati bilan ham uchrashdilar. Universitetning birinchi prorektori Sergey Korjov mazkur oliy taʼlim dargohining joriy va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, ayni paytda oliygohda 18 nafar o‘zbekistonlik talaba bakalavr va magistr yo‘nalishlarida tahsil olishmoqda. Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab universitetning Iqtisodiyot va huquq instituti, Pedagogika va psixologiya instituti, Jismoniy tarbiya, sport va turizm instituti o‘zbekistonlik talabalar uchun masofaviy taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, oliy taʼlimning 5 ta yo‘nalishidagi sirtqi bo‘limlarda 250 nafardan ziyod o‘zbekistonlik talabalar o‘qishmoqda.

Oliygoh rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, TMMA va Butunjahon yoshlar assotsiatsiyasi koordinatori bilan hamkorlik aloqalari, ularning oldida turgan dolzarb vazifalar, ayniqsa, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kelgusida mazkur oliygoh bilan ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va u yerda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni turli tadbirlarga jalb etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Berlinda O‘zbekistonda yashaydigan nemis...

Germaniya poytaxtida O‘zbekistonda yashaydigan nemislar masalasi bo‘yicha O‘zbekiston-Germ...

Sirdaryo viloyati Janubiy Koreya bilan y...

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning Inchxon shahri Yong‘i...

YEXHT: Biz O‘zbekistonni doimiy qo‘llab-...

Polshaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (YEXHT) raisligi doirasida YEXH...

So`nggi yangiliklar