Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini asrashga intilmoqda

FRANKFURT-MAYN, 19-may. /“Dunyo” AA/. Germaniya Federativ Respublikasining “Novostan.org” portali O‘zbekiston istiqbolda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini asrab qolishga intilmoqda» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Portalning yozishicha, O‘zbekistondagi eng yirik ko‘llar sirasiga kiradigan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ifloslanishning oshishi va suv sathining pasayishi tufayli xavf ostida qolmoqda. "Bunga qarshi turish uchun O‘zbekiston hukumati bir vaqtlar sunʼiy ravishda yaratilgan ko‘l tizimining yashovchanligini taʼminlashga qaratilgan qarorni qabul qildi, deb xabar beradi nemis portali. O‘zbekistondagi mazkur yirik ko‘llar tizimi davlat ishiga aylandi. Shu tariqa sunʼiy ravishda yaratilgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi inqirozining oldini olish maqsadida uning suv resurslarini muhofaza qilish to‘g‘risida maxsus hujjat qabul qilindi».

Taʼkidlanganidek, umumiy maydoni 4000 kvadrat kilometr bo‘lgan Aydar-Arnosay ko‘llar tizimiga Aydar, Tuzkon va Arnasoy ko‘llari kiradi. «1969 yilda yaratilgan ko‘llar tizimi so‘nggi yillarda beqaror oqim va shu bilan bog‘liq hajm yo‘qotilishidan, shuningdek, tobora ifloslanish va sho‘rlanishdan aziyat chekmoqda. Sirdaryo va Qizilqum oralig‘ida joylashgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi O‘zbekistondagi eng yirik suv ombori va ko‘plab hayvon va o‘simlik turlari uchun yashash makonidir. Bundan tashqari, bu mintaqaning mikroiqlimi qishloq xo‘jaligi va baliqchilikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga egadir»,  deb yozadi “Novostan.org”.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati Indo...

Indoneziyaning «Kompasiana» yangiliklar saytida «O‘zbekistonning yangi mintaqaviy yo‘nalis...

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘z...

Misr matbuoti mamlakat jamoatchiligini O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi so‘nggi...

Erondan munosabat: O‘zbekiston va YEOII ...

O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)da kuzatuvchi davlat rasmiy maqomini o...

So`nggi yangiliklar