Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Tarix

O‘zbekiston arxeologlaridan navbatdagi topilma -Surxondaryoning Xatak g‘orida miloddan avvalgi 100−40 ming yillikka oid neandertal odam makoni aniqlandi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi, Xatak bo‘limi, Bog‘li dara massivida miloddan avvalgi 100−40 ming yillikka oid neandertal odam makoni topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizm va madaniy meros agentligi maʼlumotiga ko‘ra, Xatak g‘ori 2021 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi doktoranti Xoliyor Oynazarov tomonidan petrogliflarni qidirish jarayonida topilgan. Yodgorlikda o‘rganish va dastlabki qazishmalar 2022 yil iyun oyida olib borilgan.

Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15−20 metr balandlikda hosil bo‘lgan va kirish juda qiyin bo‘lgan ushbu g‘orda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100−60 ming yil oldin yashagan neandertal odam hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o‘choq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi.

«Ayni damda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, arxeolog Rustam Sulaymanov va Avstraliyaning Griffet universitetining Inson evolyutsiyasini tadqiq etish markazi paleontologi Juliyen Luis tomonidan qazishma ishlari davom ettirilmoqda», deyiladi manbada.

Mavzuga oid

Eronlik olim Amir Temur tavalludining 68...

Eronning taniqli tarixchi olimlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonid...

Amir Temur o‘g‘lonlari, Jaloliddin Mangu...

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini...

Malayziyada saqlanadigan O‘zbekistonga o...

O‘zbekiston elchixonasi ishtirokida Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi va Malayziya Xa...

So`nggi yangiliklar