Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Sanalar

O‘zbekiston Yoshlari kuni Bursada keng nishonlandi

ISTANBUL, 30-iyun. /“Dunyo” AA/.  Mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan  O‘zbekistonning Bursadagi faxriy konsuli va  TURKSOY tashkiloti bilan hamkorlikda 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan  «O‘zbek yoshlari Bursada» nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Anqara, Bursa, Izmir, Istanbul va Karabuk shaharlaridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlarimiz, Turkiya Buyuk millat majlisi deputatlari, viloyat, tuman hokimlari, nodavlat notijorat tashkilot rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.  

 Anjumanni mamlakatimiz diplomatik missiyasi rahbari tabrik nutqi bilan ochib berdi. Diplomat O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, mamlakatimizning boy tarixi va madaniyati, davlat rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor haqida so‘zlab berdi.  Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda muhokamaga quyilgan Bosh qomusimizning yangi loyihasida yoshlarga oid bandlarni yana-da kuchaytirish bo‘yicha normalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

O‘zbekiston-Turkiya parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Osman Mesten, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini yuksak eʼtirof etdi. Osman Mesten bugungi o‘zbek yoshlari tarixda munosib o‘rin olgan buyuk o‘zbek olim va mutafakkirlariga munosib davomchilar bo‘lishi kerakligini qayd etdi. 

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yakunida o‘zbekistonlik talabalar tomonidan adabiy dastur taqdim etildi.  

Mavzuga oid

Tailanddagi vatandoshlar Davlat gerbi ku...

Tailandda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida ...

Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik k...

O‘zbekiston Prezidenti «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ch...

Navro‘z Tailandda nishonlandi

Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatimizning Tailanddagi Bosh konsulligida tantanali...

So`nggi yangiliklar